Sport | 18:46 / 07.08.2016
12694
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016, stol tennisi. Zohid Kenjayev ikkinchi bosqichda yutqazdi

Kecha chexiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratgan o‘zbekistonlik stol tennischisi Zohid Kenjayev bugun ikkinchi bosqich doirasida britaniyalik Liam Pitchfordga qarshi bahs olib bordi.

Kenjayev dunyo reytingida 28-o‘rinda tasniflangan raqibiga qarshi 5 set davom etgan o‘yinda 1:4 hisobida (11:3, 12:10, 8:11, 11:7, 11:4) yengildi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.