Jamiyat | 18:24 / 08.08.2016
4545
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistondan Tojikistonga olib o‘tilayotgan giyohvand moddalar to‘xtatib qolindi

Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegarachilari va xodimlari Afg‘oniston orqali olib o‘tilayotgan va miqdori 22 kilogramm bo‘lgan giyohvand moddasini fosh etishdi. Bu haqda chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasi matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayev ma'lum qilgan.

"Giyohvand moddalari bilan shug‘ullanuvchi guruhning qurollangan a'zolari Panj hududi ostida bo‘lgan davlat chegarasini noqonuniy buzib o‘tishdi. Ular chegarachilar talabiga itoat etmay, qurollaridan o‘t ochishni boshlashdi. Chegarachilar ham ularga javob qilishdi", — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar qorong‘ilikdan foydalanib, qochib qolishga muvaffaq bo‘lishgan. Voqea joyida esa afg‘onistonlik fuqaro, 22 yoshli Abdurahmon Omonboyning jasadi va 20 kg gashish, 2,2 kg opiy giyohvandlik moddalari topilgan.