Sport | 20:59 / 08.08.2016
6541
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada 49 yoshli professional futbolchi gol urib jamoasini qutqarib qoldi

“Yokogama” jamoasining 49 yoshli a'zosi, Yer yuzidagi professional futbolchilik faoliyatini davom ettirayotgan eng keksa yoshli futbolchi ichki chempionat o‘yinlaridan birida gol urib, o‘yin natijasiga o‘zgartirish kiritdi.

Kadzuyosi Miura 7 avgust kuni “Sereso Osaka” jamoasiga qarshi o‘yinning 74-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, oradan 5 daqiqa o‘tgach, gol urdi. Bu vaqtda uning jamoasi raqibga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘layotgan edi. Miuraning golidan keyin jamoadoshlari yana 2 gol urib, g‘alabaga ega bo‘lishdi.

 

Miuraning bu goli uning joriy mavsumda urgan ikkinchi golidir. U bu goni urgan kunida 49 yosh, 5 oy, 12 kunlik edi. 

Kadzuyosi Miura Yaponiya terma jamoasi bilan 1992 yilda Osiyo Kubogida zafar quchgan va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. U 1993 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 

1994 yilda Miura Italiya A Seriyadagi ilk yaponiyalik legioner sifatida “Jyenoa”da to‘p surgan. Keyinchalik u “Santos” va “Palmeyras” jamoalarida ham faoliyat ko‘rsatgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish