Sport | 07:46 / 08.08.2016
6780
1 daqiqa o‘qiladi

Yana bir yulduz sportchi Olimpiadani birinchi davradan tark etdi

"Katta dubulg‘a" sohibi, serbiyalik tennischi va hozirda dunyoning eng kuchli tennischisi bo‘lib turgan Novak Jokovich Riodagi Olimpiadaning yakka tartibdagi musobaqalaridan chiqib ketdi. Tennischi muqobaqaning 1-davrasidayoq argentinalik Xuan Martin del Potroga yutqazdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Tennischilar uchrashuvi 6:7 (4:7), 6:7 (2:7) hisobi bilan yakunlandi. Del Potro keyingi davrada portugaliyalik Juan Souza bilan uchrashadi.

E'tiborlisi, bu uchrashuv bo‘lmasligi ham mumkin edi. Uchrashuv oldidan argentinalik tennischi Olimpiya qishlog‘idagi liftda 40 daqiqa qamalib qolgan. Agar uning hayqiriqlarini argentinalik gandbolchilar eshitib, vaqtida yordam kelmaganlarida, uchrashuv o‘zgacha tus olgan bo‘lishi, ya'ni yutuq Jokovichga berilishi mumkin edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish