15:29 / 08.08.2016
3235

Delta Airlines parvozlari tizimdagi nosozlik tufayli kechikmoqda

Foto: Breakingnews.com

Amerikaning Delta Airlines aviakompaniyasining tizimida yuz bergan nuqsonlar tufayli kompaniyaning dunyo bo‘ylab amalga oshirishi lozim bo‘lgan aviaparvozlari kechiktirilgan, deb xabar qilmoqda Breaking News.

«Bizning tizimlar hamma yerda ishdan chiqdi. O‘ylaymizki, bu uzoqqa cho‘zilmaydi», — deyiladi aviakompaniya xabarida. 

Qayd etilishicha, Delta Airlines kompaniyasi yo‘lovchilari Londonning Xitrou aeroporti, «Los-Anjyeles Interneshnl», Sietl-Takoma xalqaro aeroporti, «San-Frantsisko Interneshnl» va Rimning Champino aeroportlarida ro‘yxatdan o‘ta olmayapti.

Top