12:41 / 08.08.2016
6911

Xitoylik uchuvchilar birmotorli samolyotda dunyo bo‘ylab sayohatga otlanishdi

XXR tarixida birinchi marotaba TMB700 rusumli turbovintli samolyoti ikki nafar ekipaj a'zosi bilan dunyo bo‘ylab sayohatga chiqdi, deb xabar qilmoqda  People's Daily gazetasi.

Uchuvchi va yana bir kishidan iborat ekspeditsiya 7-avgust kuni Pekin xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilgan. Ushbu parvozga tayyorgarlik 2 yil davom etgan. 

Rejaga muvofiq, samolyot 40 ming kilometrga yaqin masofani ortda qoldirib, 20dan ortiq mamlakat hududidan parvoz qiladi. Uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, samolyot parvozi davomida 50 ga yaqin qo‘nishni amalga oshiradi. 

OAV xabariga ko‘ra, sayohat 58 kun davom etadi.

Top