Texnologiya | 21:31 / 08.08.2016
3954
1 daqiqa o‘qiladi

HP gadjyetlarni quvvatlash uchun akkumulyatorli ryukzakni taqdim qildi

HP kompaniyasi gadjyetlarni quvvatlash uchun mo‘ljallangan 22 400 mA-soat sig‘imli akkumulyatorli ryukzak Powerup Backpack‘ni taqdim qildi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda. 

Akkumulyator ryukzakning maxsus cho‘ntagida joylashtirilgan, u yordamida noutbuk, planshet, smartfon va boshqa qurilmalarni quvvatlash mumkin. Kabellar va perexodniklar ryukzak to‘plamiga kiradi, ryukzakda ular uchun kichik teshikchalar mavjud.

Kompaniya ryukzak akkumulyatori quvvati bitta noutbukni yoki 10 ta smartfonni to‘liq quvvatlash uchun yetishi va'da qilinmoqda. Ryukzakka akkumulyator elementlari haroratini kuzatuvchi va ularni qizib ketishdan saqlovchi maxsus datchiklar o‘rnatilgan. Shuningdek, to‘plamga yomg‘irdan saqlovchi g‘ilof kiritilgan. 

Ryukzakning buyurtma bo‘yicha narxi 199 dollarni tashkil qiladi va u 1 oktabrdan sotuvga chiqariladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish