19:11 / 08.08.2016
5014

Iroq AQShdan to‘rtta F-16 qiruvchi samolyotini xarid qildi

Foto: © RIA

Iroq harbiy havo kuchlari AQShning ko‘pvazifali F-16 Fighting Falcon yengil qiruvchi samolyotlariga ega bo‘ldi, deb ma'lum qilgan Iroq mudofaa vazirligi vakili general-mayor Tahsin Ibrohim Assoshieyted Press agentligiga. 

Ibrohimning bayonot berishicha, yangi samolyotlar IShIDga qarshi kurashda mamlakat HHKni kuchaytiradi. Ushbu to‘plamdan so‘ng, Iroq armiyasidagi F-16 qiruvchilari soni 8taga yetgan. Umuman, AQSh Iroqqa 36ta shunday turdagi qiruvchi samolyotlarini sotishga rozilik bildirgan. 

Aytish joizki, Iroqda mamlakat hududining bir qismini o‘z nazoratiga olgan IShID bilan bog‘liq keskin vaziyat saqlanib turibdi. Jangarilar aholi punktlariga hujum uyushtirib, turli ko‘rinishda qo‘poruvchiliklarni amalga oshirmoqda. Ularda asosan tinch aholi vakillari qurbon bo‘lmoqda.

Top