Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik qiz samolyotdan tushib ketgan iPhone’i mo‘'jizaviy ravishda beshikast qolganini aytib berdi
Kanadalik qiz samolyotdan bexosdan iPhone 5S smartfonini tushirib yuborgandan keyin smartfonga hech narsa qilmaganini aytib berdi. Bu haqda Cnet ma'lum qilmoqda.
Voqea qiz ikki yo‘lovchilik samolyotda 700 metr balandlikda havo sayrini amalga oshirayotganda yuz bergan. Telefon qiz selfi olmoqchi bo‘lganda bog‘ hududiga tushib ketgan. Shundan keyin u Find My iPhone (Telefonimni top) funksiyasidan foydalanib, telefonining birorta shikastsiz o‘tloqda yotgani aniqlagan.
Qiz buning isboti sifatida telefonning topgan paytidagi suratini taqdim qildi.
Qiz telefonining bunday "mo‘'jizaviy omon qolishidan" keyin unga "Staying Alive" qo‘shig‘ini rington sifatida o‘rnatganini ma'lum qilgan.