O‘zbekiston | 22:49 / 08.08.2016
11954
1 daqiqa o‘qiladi

"LUKOYL" kompaniyasi Buxoro viloyatiga investitsiya kiritgan eng yirik sarmoyador bo‘ldi

Rossiyaning "LUKOYL" kompaniyasi Buxoro viloyatiga investitsiya kiritgan eng yirik sarmoyador bo‘ldi. Joriy yilning dastlabki 6 oyiga ko‘ra, kompaniyaning viloyatga kiritgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari miqdori 639,4 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2016 yilning ikki choragi natijalariga ko‘ra, viloyatga umumiy hisobda 922,9 mlrd so‘m xorijiy investitsiya kiritilgan. Ulardan 693 mlrdi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, 222,9 mlrd so‘mi davlat kafolati ostida olingan investitsiyalar va kreditlardir. O‘tgan yilning shu davrida xorijiy investitsion loyihalar bo‘yicha viloyatga 674,3 mlrd so‘m kiritilgan.

Buxoro viloyati boshqaruv apparati hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda barcha investitsiya manbalari hisobiga 2469,3 mlrd so‘m o‘zlashtirilgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 115,9 foizni tashkil qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish