Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada o‘nlab odamlar tropik bo‘ron qurboniga aylandilar
Meksika sharqiga urilgan "Erl" tropik bo‘roni kuchli yog‘ingarchilik va sel oqishiga olib keldi. Kamida 38 kishi tabiiy ofatning qurbonlariga aylangan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Eng ko‘p halok bo‘lganlar Puebla shtatida qayd etilgan. U yerda 28 nafar kishi halok bo‘lgan, ulardan yarmidan ko‘pi balog‘atga yetmaganlar. Tabiiy ofatdan minglab uylar shikast yegan, ko‘pchilik odamlar boshpanasiz qolib ketgan.
Daryolar o‘z qirg‘oqlaridan chiqib ketib, aholi punktlarini suv bosmoqda. O‘tgan kun ichida Meksika sharqiga bir oylik yog‘ingarchilik me'yori tushgan va yomg‘ir hali ham davom etmoqda.