16:51 / 08.08.2016
3725

Nepalda vertolyot qulab tushishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Fishtail Air aviakompaniyasi samolyoti  Nepal poytaxti Katmandu shahri yaqinidagi Nuvakot tumani hududida qulab tushgan. Nepali Times xabariga ko‘ra, bu hodisa oqibatida bortdagilarning barchasi halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, vertolyot Katmanduga Gorkxa tumanidan kelayotgandi. Vertolyot o‘zi bilan poytaxtdagi tug‘ruqxonaga homilador ayol va shifokorlarni keltirayotgan bo‘lgan.

Kompaniya ma'lumotiga ko‘ra, bortda uchuvchi bilan birga 7 kishi bo‘lgan, ulardan biri 2 yoshli chaqaloq edi.

Nuvakot tumani hokimiyatidagilar vertolyotning qulab tushgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan.

Hodisa tafsilotlari hozircha ma'lum emas.

Top