Jamiyat | 12:36 / 08.08.2016
5490
1 daqiqa o‘qiladi

Oklaxoma shtatida poyezd avtomobilni urib ketdi, qurbonlar bor

Foto: 4029TV.com

Amerikaning Oklaxoma shtatida temir yo‘l tarkibi avtomobilni urib ketishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda mahalliy 4029TV telekanali politsiya mahkamasi vakili Greg Rassellga asoslangan holda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea 7-avgust kuni Poto shahrida yuz bergan. Mashinada bo‘lgan besh kishining kamida 3 nafari o‘smir ekani aytilmoqda. Og‘ir jarohatlar bilan tirik qolgan yo‘lovchilardan biri shifoxonaga yotqizilgan. 

Hodisa oqibatida poyezd izidan chiqib ketmagan, mashinistlar ham jabrlanmagan. 

Politsiya surishtiruv ishlarini olib borayapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish