Sport | 16:39 / 08.08.2016
3978
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy Liga, 17-tur. Markaziy uchrashuvlarda «Lokomotiv» «Andijon»ni, «Navbahor» «Neftchi»ni qabul qiladi

Bugun O‘zbekiston milliy chempionatining 17-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Bugunga mazkur turning 6ta uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan. 

Jumladan Toshkentda turnir jadvali peshqadami «Lokomotiv» o‘tgan turda sensatsion ravishda Toshkentning boshqa bir jamoasi «Paxtakor»ni yenggan «Andijon»ni qabul qiladi. «Lokomotiv» - «Andijon» uchrashuvi bugun soat 19:30da to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sport TVda translyatsiya qilinadi. 

Vodiyda esa derbi uchrashuvi: «Navbahor» «Neftchi» bilan o‘ynaydi.

«Paxtakor» yana vodiyga safar qilgan, bu safar «sherlar» jamoasini «Qo‘qon-1912» kutmoqda.

«Metallurg» – «Mash'al», (Toshkent vaqti bilan soat 17:45)
«Qo‘qon-1912» – «Paxtakor», (18:00)
«Navbahor» – «Neftchi», (18:30)
«Buxoro» – «Obod», (19:00)
«Lokomotiv» – «Andijon», (19:30)
«Nasaf» – «Olmaliq», (20:00)

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish