Sport | 08:35 / 08.08.2016
4330
2 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada ochilish kuni ikki nafar avstraliyalik murabbiy Rioda talab ketilgani ma'lum bo‘ldi

Avstraliya terma jamoasining ikki nafar murabbiyi Rio-de-Janeyroda o‘zlari joylashgan mehmonxona oldida talab ketilganlar, deb Avstraliya OAVga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.  

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyat Olimpiada ochilish kuni yuz bergan, biroq Avstraliya terma jamoasi rahbariyati o‘z sportchilarining kayfiyatini tushirmaslik uchun bu hodisani sir saqlashga qaror qilgan. 

Ma'lum qilinishicha, murabbiylarni bir guruh o‘smirlar pichoq bilan qo‘rqitib tunab ketgan. Avstraliyaliklar qarshilik ko‘rsatmay, yonlaridagi hamyonlari, telefonlari va egnilaridagi terma jamoa ramzi tushirilgan kurtkalarni berib yuborganlar.
 
Shu sababli Avstraliya terma jamoasi o‘z sportchilari va murabbiylarini ko‘chada terma jamoa kiyimida, o‘g‘rilarning e'tiborini jalb qilishi mumkin bo‘lgan akkreditatsion olimpiya kartochkalarini namoyish qilgan holda yurmaslik va kamida uch nafardan bo‘lib yurishni iltimos qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish