11:24 / 08.08.2016
5754

Olomonga yonuvchi shisha idish uloqtirgan yapon o‘zini osdi

Foto: AP

Tokio ko‘chalaridan birida bo‘lib o‘tayotgan festival ishtirokchilariga qarata yonuvchi aralashmali shisha idish uloqtirgan keksa yaponiyalik o‘zini osishga urinishdan so‘ng, hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi.

Hodisa Tokioning Suginami tumanida yuz bergan, o‘shanda aholi turarjoy binosining uchinchi qavatidan yonayotgan idishlar otilgan, ular asfalt yo‘lga urilib portlagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yonayotgan idishlar 3tadan oltitagacha bo‘lgan. 15 kishi, jumladan bolalar ham jabrlangan.
 
Keksa yaponiyalikning qilmishiga nima sabab bo‘lgani ma'lum emas. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u go‘yoki uyining derazalari ostida bo‘lib o‘tayotgan festival shovqinidan noligan. Shundan so‘ng, u yonuvchi aralashma solingan shisha idishlarni uloqtirib, o‘zini osmoqchi bo‘lgan. Hushsiz holda shifoxonaga keltirilgan qariyaning shu yerda joni uzilgan.

Top