Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistondagi shifoxonada yuz bergan portlash qurbonlari 50dan oshdi
Pokistonning janubi-g‘arbiy Belujiston viloyati Kvetta shahri shifoxonalaridan birida yuz bergan portlash oqibatida 53 kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana 50 nafari tan jarohati olgan, deb xabar qilmoqda Express Tribune gazetasi.
"Qo‘poruvchilikning deyarli barcha qurbonlari – advokatlar va jurnalistlardir. Ular, 8-avgust kuni ertalab o‘ldirib ketilgan Belujiston advokatlar uyushmasi prezidenti Bilol Anvar Qozining xotirasini yodga olish uchun shifoxona jonlantirish bo‘limiga to‘planishgan edi", -deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda politsiya mahkamasi shifoxona atrofini qurshab olgan hamda Kvettaning barcha shifoxonalarida favqulodda holatni joriy qilgan. Hozircha, hodisa uchun javobgarlikni hech bir guruh zimmasiga olmagan.



Pokistonning Kvetta shahrida portlash yuz berishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi