19:07 / 08.08.2016
4387

«PSJ» Xesening transferi haqida e'lon qildi

Madridning «Real» klubi va Fransiyaning «PSJ» klubi hujumchi Xesening transferi borasida kelishuvga erishdi.

Ispan jamoasi futbolchining transferini tasdiqlagan va futbolchiga yangi klubida omad tilagan.

Xese «PSJ» bilan 5 yillik shartnoma tuzgan. Hozircha bitimning moliyaviy jihatlari oshkor qilinmadi. 

L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, parijliklar jamoasi 23 yoshli futbolchining transferiga 25 million  yevro to‘laydi.

O‘tgan mavsum ispaniyalik vinger La Ligada 28 uchrashuvda maydonga tushib, 5 gol va 7 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Shartnoma bandlaridan biriga «PSJ»  kelajakda futbolchini «Barselona”ga sotmasligi kiritiladi.

Top