Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RFI Rossiya va Turkiya terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqidagi xabarni tasdiqladi
Rossiya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil qilinadi. Rossiya termasining yig‘in davomidagi birinchi uchrashuvi 31 avgust kuni Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tsa, ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini 6 avgustda Moskvada Ganaga qarshi kechadi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi (RFI) tasdiqlagan.
Rossiya terma jamoasi 2018 yilgi JCh mezboni bo‘lgani evaziga saralash bosqichidan ozod etilgan. Ammo Rossiya terma jamoasi N guruhidagi Belgiya, Bosniya va Gertsegovina, Gretsiya, Estoniya hamda Kipr terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushishi rejalashtirilgandi.
Ammo, may oyida FIFA tomonidan tan olingan Gibraltar terma jamoasi H guruhiga kelib qo‘shilgach, Rossiya terma jamoasi boshqa terma jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadigan bo‘ldi. Munosib raqiblar topishda rossiyaliklarga UYeFA tomonidan yordam ko‘rsatiladi.
Rossiya terma jamoasi 29 avgust kuni yig‘in boshlaydi.
Manba: Tribuna.uz