Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 18:52 / 08.08.2016
6837
1 daqiqa o‘qiladi
Rio-2016, Akademik eshkak eshish. Xolmurzayev keyingi bosqichga o‘tdi
Rio-2016 olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasining yana bir ishtirokchisi yo‘lini davom ettiradi. Bugun turnirda akademik eshkak eshish turi bo‘yicha ishtirok etayotgan Shahboz Xolmurzayev chorak final bosqichiga chiqdi.
2000 metr masofaga qo‘shimcha o‘tkazilgan saralash bosqichida ishtirok etgan Xolmurzayev finishga ikkinchi bo‘lib yetib keldi. U 2000 metr masofani 7:14.58 daqiqa ichida bosib o‘tdi (peshqadamdan 1.02 soniya farq) va chorak finalga yo‘llanma oldi.
Chorak final bosqichi 9 avgustga belgilangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish