Jahon | 23:22 / 08.08.2016
9222
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya, Ozarbayjon va Eron prezidentlari Bokudagi sammit yakunlariga ko‘ra deklaratsiya imzolashdi
Rossiya, Ozarbayjon va Eron prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev va Hasan Ruhoniy Bokudagi uch tomonlama sammit yakunlariga ko‘ra deklaratsiya qabul qilishdi.
Ta'kidlanishicha, deklaratsiya uch davlat hamkorligining yanada mustahkamlanishi hamda mintaqaviy va xalqaro masalalarda yuqori ishonch darajasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Deklaratsiya uchta davlatning savdo-iqtisodiy hamkorligini rag‘batlantirish va rivojlantirish zarurligini ta'kidlaydi.
Avvalroq Eron prezidenti uch davlat ishtirokidagi keyingi sammitni Eronda o‘tkazishni taklif qilgandi.