Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti Suriyada IShIDga zarba berishi videosi namoyish etildi
8 avgust kuni Rossiyadan uchgan Tu-22M3 bombardimonchilari IShIDning Palmira (Suriya) sharqi va shimoli-g‘arbidagi marralariga zarbalar berdi.
RT telekanali bu jarayon videosini namoyish etgan.
Zarba natijasida As-Suxna shahri hududida terrorchilarning boshqaruv punkti va yirik dala lageri yo‘q qilindi. Shuningdek, Palmira va Araq hududlarida boshqaruv punktlari va terrorchilar yig‘ini, o‘q-dori va qurol-aslaha yerosti ombori vayron etilgan.
Har bir Tu-22M3 12 tonna harbiy og‘irlik ko‘tarishga qodir; bombardimonchining jangovar radiusi — 2400 kilometr