10:06 / 08.08.2016
26389

Toshkent shahridagi yopiq bolalar maydonchasida bugungi narxlar qanday?

Yozgi ta'til tugashiga ham bir oydan kam vaqt qoldi. Farzandlaringiz sog‘lomlashtiruvchi oromgohlar va akvaparklarda allaqachon maza qilib dam olishga ulgurgan bo‘lsa, endi biroz salqinlashgan ob-havo sharoitida sal boshqacharoq mashg‘ulotlarga o‘tsa ham bo‘ladi, chunonchi, bolalar ko‘ngilochar markazlari ayni muddao. Xo‘sh, Toshkent shahridagi yopiq bolalar maydonchasida bugungi narxlar qanday? Farzand.uz  sizni narxlar bilan tanishtiradi.

“Samarqand Darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazi

Necha yoshdagi bolalar qabul qilinadi: 3—11
Enagalar bor
Narxi:

▪️ attraksionlar — 2000 so‘mdan boshlanadi;

▪️ o‘yin avtomatlari (1 ta jyeton) — 1000 so‘m;

▪️ o‘yin maydonchasi (1 soat) — 10 000 so‘m.

Ish vaqti: 10:00 — 22:00

“Kontinent” SKMdagi “Bolalik kontinenti”

Yosh: 2—8
Enaga: bor
Narxi:

▪️ o‘yin avtomatlari (1 ta jyeton) — 1000 so‘m;

▪️ o‘yin maydonchasi (1 soat) —8000 so‘m.

Ish vaqti: 10:00—23:00

Next savdo-ko‘ngilochar markazi

Bo‘yi 120 sm gacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi
Enaga: bor
Narxi:

▪️ o‘yin avtomatlari (1 ta jyeton) — 1000 so‘m

▪️ o‘yin maydonchasi (1 soat) — 8000 so‘m

Ish vaqti: 10:00—22:00

Yura davri bog‘i

Narxi:

▪️ 4 yoshgacha — bepul;

▪️ 12 yoshgacha — 9000 so‘m

▪️ 12 yoshdan kattalarga — 11 000 so‘m.

Ilmiy laboratoriya

Narxi: 5000 so‘m

Yosh: 5 yoshdan

Megaplanet savdo-ko‘ngilochar markazi

Bo‘yi 120 sm gacha bolalar qabul qilinadi
Enaga: bor
Narxi:

▪️ o‘yin avtomatlari (1 ta jyeton) — 1000 so‘m

▪️ o‘yin maydonchasi (1 soat) — 8000 so‘m

Ish vaqti: 10:00—22:00

Magnit supermarketi

Yosh: 2—6
Enaga: bor
Narxi:

▪️ o‘yin avtomatlari (1 ta jyeton) — 1000 so‘m

▪️ o‘yin maydonchasi (1 soat) — 6000 so‘m

Ish vaqti: 10:00—22:00

Parus oilaviy ko‘ngilochar markaz

Yosh: 2—6
Enaga: bor
Narxi:

▪️ o‘yin avtomatlari (1 ta jyeton) — 1000 so‘m

▪️ o‘yin maydonchasi (1 soat) — 4000 so‘m (ish kunlari yarim soat qo‘shib beriladi)

Ish vaqti: 10:00— 22:00

“Flagman” SKMdagi F-Kids

Yosh: 1—8
Enaga: bor
Narxi:
o‘yin maydonchasi (1 soat) — 6000 so‘m
Ish vaqti: 09:00—21:00

IMAXI SKMdagi “Ertaknamo shahar”

Yosh: 2—12
Enaga: bor
Narxi:
o‘yin maydonchasi (1 soat) —8000 so‘m
Ish vaqti: 09:00—21:00

Smurfland
Yosh: 2 yoshdan

Enaga: bor
Narxi:

▪️ o‘yin avtomatlari (1 ta jyeton) — 2000 so‘m

▪️ o‘yin maydonchasi (1 soat) —8000 so‘m

Ish vaqti: 10:00—21:00

“Ertaknamo shahar” bolalar klubi

Yosh: 2—8 yosh
Enaga: bor
Narxi:
o‘yin maydonchasi (1 soat) —8000 so‘m
Ish vaqti: 12:00—21:00

Playmobil do‘konidagi bolalar maydonchasi

Yosh: 2—8
Enaga: bor
Narxi: 15 ming so‘m (3 soat)
Ish vaqti: 12:00—18:00

Caravan Kids

Yosh: 3—12
Enaga: bor
Narxi: 30 ming so‘m (2,5 soat), keyingi har bir soat 10 ming so‘mdan
Ish vaqti: 11:00—22:00

Top