Jahon | 20:02 / 08.08.2016
5347
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada davlat xizmatchilarining ta'tiliga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi

Turkiya hukumati davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin davlat xizmatchilarining yillik ta'tiliga qo‘llangan taqiqni bekor qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Numon Kurtulmushning ma'lumotiga asoslanib, Anadolu agentligi xabar tarqatdi.

Iyul oyi o‘rtasida Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim uch milliondan ortiqroq davlat xizmatchilarining ta'tili maxsus topshiriqqa qadar bekor qilinishi haqida farmon chiqargandi.

Bu farmon Turkiyadagi muvaffaqiyatsizlikka uchragan davlat to‘ntarishi munosabati bilan davlat, sud organlari va armiyada boshlangan yalpi tozalash bilan bog‘liq ravishda e'lon qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish