Jahon | 09:35 / 08.08.2016
5731
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiya osmonida nazorat parvozini amalga oshiradi

Shvetsiya, Germaniya va Ukraina 8-12 avgust kunlari Ochiq osmon shartnomasi doirasida Rossiya hududi osmonida nazorat parvozini amalga oshiradi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

«Ushbu amaliyot chog‘ida, samolyot bortida bo‘luvchi rossiyalik mutaxassislar kelishilgan parametrlarga naqadar rioya etilishi va shartnomada belgilangan qurilmalardan foydalanishini kuzatib borishadi», — deb ma'lum qilgan Yadro xavfsizligini kamaytirish Milliy markazi rahbari vazifasini bajaruvchi Sergey Zabello.

Aniqlik kiritilishicha, parvoz Saab 340 B turbovintli samolyotida amalga oshiriladi. U shu kabi parvozlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangani bois, uning bortida qurol-aslaha tashishning iloji y o‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish