15:10 / 08.08.2016
14454

O‘zbekiston MTJning Suriyaga qarshi o‘yini boshlanish vaqti o‘zgardi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi dastlabki uchrashuvi boshlanish vaqti o‘zgardi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi sayti xabar bergan.

1 sentabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadigan ushbu uchrashuv boshlanish vaqti avvalroq soat 19:00 etib belgilangan edi. Ammo xavfsizlikni ta'minlash masalalari zarurati tufayli ushbu o‘yin shu kuni soat 20:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Samvel Babayan qo‘li ostidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20 avgustdan rasmiy o‘yinlar oldidan so‘nggi yig‘inini boshlaydi. Ushbu yig‘in davomida bitta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston MTJning raqibi Burkina-Faso terma jamoasi bo‘ladi. Uchrashuv 24 avgust kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Top