12:08 / 08.08.2016
7161

WSJ: IShID va «Tolibon» Afg‘on hukumatiga qarshi yashirincha til biriktirgan

Foto: wjs.com

Afg‘onistonning radikal kayfiyatdagi «Tolibon» ekstremistik harakati va IShID terrorchi guruhi ushbu mamlakat harbiylari hamda AQSh kuchlariga qarshi samarali kurashish maqsadida norasmiy sulhga erishgan, deb yozmoqda The Wall Street Journal gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda. 

Ularning so‘zlariga ko‘ra, bir necha oy muqaddam qator mintaqalar uzra nazoratni qo‘lga olish uchun ayovsiz urushayotgan guruhlar, Afg‘oniston va AQSh Qurolli kuchlariga qarshi kurashish maqsadida mahalliy darajada sulhga erishgan. 

«So‘nggi ikki oy mobaynida ular bir-biri bilan urushayotgani yo‘q», — degan afg‘on hukumat kuchlarining mamlakat sharqidagi qo‘shinlari qo‘mondoni general Muhammad Zamon Vaziriy.
 
Ta'kidlanishicha, endilikda IShID o‘z e'tiborini Nangarhar viloyatida AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan hukumat qo‘shinlariga qaratib, ancha vaqtdan beri «Tolibon» nazoratida bo‘lgan Kunar viloyati tomon yurishni davom ettirmoqda. Biroq, hozircha IShIDning Afg‘onistondagi faoliyati unchalik ham jiddiy emas. Shunga qaramay, ushbu guruhlar o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish istalgan vaqtda buzilishi mumkin.

Top