21:05 / 08.08.2016
8394

Jizzaxda 3 ballik zilzila qayd etildi

8 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:50da Jizzaxda 3 ballik zilzila qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati «Toshkent» seysmomarkazi ma'lumotlariga tayangan holda xabar bergan.

Yevropa-O‘rtayer seysmologiya markazi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Jizzaxdan 22 km masofada (Toshkentdan 207 km) joylashgan. O‘choqda zilzila magnitudasi 4,2 ballni tashkil etgan, zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida seysmik faollik kuzatilmagan. Talofatlar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Top