Jamiyat | 17:11 / 09.08.2016
7110
2 daqiqa o‘qiladi

63 yil birga yashagan juftlik bir necha daqiqa farq bilan hayotdan ko‘z yumdi

Aytishlaricha, muhabbat dunyodagi eng qudratli kuch ekan. Buni Janubiy Dakotada 63 yil birga yashab o‘tgan juftlik misolida ko‘rishimiz mumkin

Uzoq yillar birga umrguzaronlik qilgan Henri va Janet De Lenj 31 iyul kuni qariyalar uyida bir xonada 20 daqiqa farq bilan hayotdan ko‘z yumishgan.

Janet De Lenj 87 yoshda bo‘lib, u mahalliy vaqt bilan soat 5:10da oilasi davrasida vafot etgan. U ko‘p yillar Altsgeymer kasalligidan aziyat chekkan. Farzandlari uning juda xotirjam ko‘z yumganligini aytishdi. 

Henri De Lenj 86 yoshda bo‘lib, u prostata saratoniga chalingandi. Onasining vafotidan so‘ng o‘g‘li "onamiz samoga uchib ketdilar", deya otasiga xabar qilgan. 20 daqiqa o‘tgach, soat 5:30da Henri De Lenj ham jon bergan. Farzandlarining so‘zlariga ko‘ra, otasi o‘limidan avval ko‘zlarini ochib, onasiga qarab qo‘ygan va hayot bilan vidolashgan. 

Bu uzoq yillar birga yashab, bir kunda hayotdan ko‘z yumgan ilk juftlik emas, albatta. 

Shu yil yoz oylarining birida 58 yil birga yashagan juftlik - Jorj va Ora Li Rodrigeslar ham bir necha soat farq bilan oila davrasida qo‘llarini mahkam tutgan holda hayot bilan vidolashishgan.