AQShlik musulmon styuardessa ishdan chetlatilgani uchun o‘zi ishlagan aviakompaniyani sudga berdi
AQShlik musulmon styuardessa Chari Stanli samolyot yo‘lovchilariga spirtli ichimlik berishdan bosh tortgani sababli ishdan noqonuniy chetlatilgani uchun o‘zi ishlagan ExpressJet aviakompaniyasini sudga berdi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press axborot agentligi.
AQShning amerika-musulmon munosabatlari bo‘yicha kengashi o‘tgan haftada Chari Stanli nomidan sudga da'vo arizasi berganini ma'lum qildi. Styuardessasining ish beruvchisi uni o‘tgan yozda ish haqi saqlanib qolmaydigan ta'tilga jo‘natgan. Stanlining ta'kidlashicha, aviakompaniya dinga bog‘liq bo‘lgan bahsni muvofiq tarzda tartibga solishni ta'minlamagan va aviakompaniyadan zararni qoplashni talab qilmoqda.
O‘tgan yili ayol AQShda mehnatga joylashtirishda tenghuquqlikka amal qilish bo‘yicha komissiyaga shikoyat bergandi, biroq uning shikoyati qondirilmagan. Komissiya aviakompaniya qonunni buzgan-buzmaganini o‘rnatmagan.
Aviakompaniyaning ta'kidlashicha, u ijtimoiy-madaniy turfalikni qadrlaydi, biroq shu bilan birga biror muayyan xodim yoki joriy sud taftishi bo‘yicha izoh bermasligini aytgan.