Texnologiya | 16:31 / 09.08.2016
7282
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi avlod Audi A7 avtomobili qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

Motor1 nashrining ixtiyoriga yangi avlod Audi A7 xetchbekining ayg‘oqchi-fotosuratchilar tomonidan olingan yashirin suratlari kelib tushdi. Tashqi ko‘rinishi yashiringan yangi «yettilik»ning suratlari, uning yo‘ldagi sinov vaqtlarida olingan.

Unga ko‘ra aytish mumkinki, A7ning old yoritqich chiroqlari ingichkalashib, radiator qafasi kengayadi hamda Audi kompaniyasining boshqa yangi modellari hamda Prologue kontsept-kari uslubiga ega bo‘ladi. Kontsept-kar, 2014-yil noyabr oyida taqdim etilgan bo‘lib, nemis kompaniyasining yangi sedanlari qanday shaklga ega bo‘lishini oldindan ma'lum qilgan edi. 

Yangi yettilik Volkswagen konsernining modernizatsiya qilingan MLB platformasi negizida ishlab chiqiladi. U, dvigatelning uzunroq joylashuviga moslashtirilgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, modelning uzunligi avvalgidek qoladi, biroq, orqa o‘rindiqlarda o‘tiruvchi yo‘lovchilar uchun joyni kengaytirish uchun g‘ildirak bazasi biroz o‘zgartiriladi. 

Uning motorlar qatoriga benzinli va dizel turbo «oltilik» kiritilgan, bundan tashqari 4 litrli, 435 ot kuchini beruvchi V8 motori ham o‘rnatilishi mumkinligi aytilmoqda. Bu motor birinchi marta 2016-yilgi Audi Q7 modelining kuchaytirilgan yangi avlodi SQ7 rusumiga o‘rnatilgandi.

Hozircha, ikkinchi avlod Audi A7 mashinasining qachon taqdim etilishi noma'lum. Taxminan u 2017-yil ikkinchi yarmi yoki 2018-yil boshida namoyish etilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish