Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arsen Venger: «Arsenal» – mening hayotim. Klubdan ketadigan kunim kelishidan qo‘rqaman»
«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Game Changers nomli kitobida klubdan ketishi ehtimoli haqidagi fikrlarini bildirib o‘tgan. Kitob 11 avgust kuni sotuvga chiqadi. Undan parchalar The Guardian nashrida keltirilgan.
Kelgusida «Arsenal»dan ketishi mumkinligi haqida
Bu jamoa mening hayotim. Rostini aytsam, men bu kun kelishidan juda qo‘rqaman. Kutish azobidan ham ko‘ra, bu vaqt kelganida ayriliqqa chidash og‘irroq bo‘ladi.
Fergyuson o‘z lavozimini tark etganidan keyingi «MYu»ga qarshi birinchi o‘yinimizni o‘tkazganimizda, u menga qo‘ng‘iroq qildi va meni qovoqxonaga taklif qildi. Men undan so‘radim: «Senga nimadir yetishmayaptimi?» U javob berdi: «Umuman olganda, yo‘q».
Men uning gaplarini tushunmadim. Bunday vaziyatda hayoting bo‘shliqqa aylanishi kerak. Sen butun hayoting davomida keyingi o‘yinni kutish va unda g‘alaba qozonish haqida o‘ylab yashaysan. Birdan bu hayot yo‘qlikka aylanadi.
Klubning transfer siyosati haqida
Men hisoblaymanki, jamoa menejyeri bo‘lishning asosiy sharti - klub mablag‘lariga o‘z mablag‘ing sifatida qarashdir. Agar bunday o‘ylamasang, ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishing mumkin. Bunda qaror qabul qilish muhim, agar rahbariyat bilan kelishib ishlamasang, uzoqqa bora olmaysan.
66 yoshli fransuz mutaxassisi «Arsenal»ni 20 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Manba: Tribuna.uz