Jamiyat | 23:55 / 09.08.2016
13318
1 daqiqa o‘qiladi

Barga nom berishda e'tiborli bo‘l yoxud u boshingga kulfat bo‘lib yog‘ilmasin

9 avgustda AQShning Ayova shtatida yuk poyezdi temir yo‘l izidan chiqib ketib, uning vagonlaridan biri "Relsdan chiqib ketgan" (DeRailed) deb nomlangan mahalliy barga shikast yetkazdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.  

Mahalliy politsiya shefining aytishicha, voqea tonggi soat 4 larda temir yo‘l xizmati xodimlari qo‘shni yo‘lga yuk vagonlarini tashiyotganlarida yuz bergan. 

Vagonlardan biri relsdan chiqib ketib, temir yo‘l izlari yonida turgan barga 45 burchak ostida tiralib qolgan.

Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq bar egasiga 10 ming dollarlik ziyon yetgan.