Jahon | 08:42 / 09.08.2016
12458
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyalik bolalar Rio ko‘chalarida sayyohlarni tunamoqdalar 

Internetda Braziliyalik bolalar va o‘smirlar Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadaga kelgan sayyohlarni tunayotgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi, deb yozmoqda Daily Star.

O‘smirlar kuppa-kunduz kuni sayyohlarga tashlanib, ulardagi buyumlar, telefon, kartmon va hattoki quloqchin va yeguliklarga hamla qilmoqdalar. Facebook’da chop etilgan video ikki kun ichida 6 mln namoyishni yig‘di. Foydalanuvchilar bu voqealarda o‘z fuqarolariga ish o‘rinlari taqdim qilmagan Braziliya hukumatini ayblamoqdalar.  Ularning fikricha, yosh o‘g‘rilar qorinlarini to‘yg‘azish uchun o‘g‘rilik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lmoqdalar.

Avvalroq Riodagi o‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi oxirgi kunlarda o‘g‘rilik va talonchilikdan jabr ko‘rayotgan sportchilar va sayyohlardan uzr so‘ragandi. Riodagi xavfsizlikni 88 mingdan ko‘proq odam kuzatmoqda, bu esa Londondagidan 2 marta ko‘proqni tashkil qiladi.