Jamiyat | 20:46 / 09.08.2016
7735
1 daqiqa o‘qiladi
Britaniyalik er-xotin o‘zlarining tug‘ilgan kunida farzandli bo‘lishdi
Britaniyalik er-xotin Jodi va Mark Ballingoll o‘z tug‘ilgan kunlarida farzandli bo‘lishdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. Ular xonadonida qiz farzand tug‘ilgan.
Qizaloqning tug‘ilishini 23 iyun kuni kutishgan edi, ammo u ota-onasining tug‘ilgan sanasi 1 avgustda dunyo yuzini ko‘rdi. Endi oila bir kunda uch kishining tug‘ilgan kunini nishonlaydi, deb yozmoqda gazeta.
Bukmekirlar bunday imkoniyatni 48 milliondan bir marta bo‘lishini aytishadi.