Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Rossiya va Turkiya davlat rahbarlari uchrashadi
Bugun, 9-avgust kuni Rossiya prezident Vladimir Putin va uning turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar xiralashganidan so‘ng, birinchi marta uchrashishadi. Davlat rahbarlarining muloqoti Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadi. Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar esa keng qamrovlidir. Unda, turizmdan tortib, Turkiya oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yilgan taqiq, gaz sohasidagi hamkorlik va turk qurilish kompaniyalarining Rossiyadagi faoliyatlari muhokama etiladi.
Ushbu uchrashuv, Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti urib tushirilgach ikki mamlakat aloqalarida vujudga kelgan bo‘shliqdan so‘ng, birinchi marta tashkil etilayotgani bilan e'tiborlidir. Bundan avval, Putin va Erdo‘g‘an rasman 2015-yil 16-noyabrida G20 sammiti doirasida Antalyada uchrashgan edi.