18:44 / 09.08.2016
6214

Erdo‘g‘an harbiy isyondan keyingi kunlarda Putinning qo‘ng‘irog‘idan xursand bo‘lganini aytdi

Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an  ma'lum qildiki, RF prezidenti Vladimir Putinning Turkiyadagi harbiy to‘ntarishga urinish yuz berishidan keyingi kunlarda dalda bo‘lib qo‘ng‘iroq qilgani uni, turk siyosatchilari va turk xalqini juda xursand etgandi.

"Davlat to‘ntarishiga urinish amalga oshirilganidan keyingi kunlarda sizning qo‘ng‘iroq qilganiningizdan xalqimiz juda mamnun bo‘ldi. Xalqimiz demokratiyani qanchalik istasa, bunday to‘ntarishlarga shunday kuch bilan qarshi turadi. Bu yakshanba kungi demokratik mitinglarda ham ko‘rindi", — degan Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashuvi vaqtida.

Top