Sport | 16:45 / 09.08.2016
19119
1 daqiqa o‘qiladi

Frantsuz qilichbozi bilan Rio Olimpiadasi bahsida g‘aroyib voqea yuz berdi

Fransiyalik qilichboz Entso Lefor, aftidan elektron gadjyetidan hech qachon ayrilmaydigan ko‘rinadi. 

Yoki bo‘lmasa, sportchi Qilichbozlik federatsiyasi va sport muosbaqalarini o‘tkazish qoidalarini yaxshi bilmasa kerak. Gap shundaki, Lefor germaniyalik qilich ustasi Peter Yoppix bilan kuch sinashayotgan vaqtda, uning cho‘ntagidan smartfoni tushib qolgan.

Riodagi bahsda nemis qilichbozi g‘alaba qozongani xabar qilinmoqda. Lefor Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilgan 2014-yilgi Jahon chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘lgan edi. 

U, shuningdek, jahon chempionatlarining ikki karra bronza medali sohibi ham bo‘lgan. Bundan tashqari, fransiyalik sportchi ikki marta Yevropa chempioni sharafini qo‘lga kiritgan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish