Jahon | 17:23 / 09.08.2016
6982
1 daqiqa o‘qiladi

Hind faoli ochlik e'lon qilganidan 15 yil o‘tib uni yakunladi

Hindiston fuqarosi Irom Sharmila 15 yil oldin e'lon qilgan ochligini yakunlaganini ma'lum qildi.

"Shu bugundan boshlab ochlik e'lon qilganimni yakunlayman", — deb Sharmilaning so‘zlaridan misol keltirmoqda ANI agentligi.

Sharmilaning aytishicha, buyog‘iga endi siyosat bilan faol shug‘ullanadi. Bundan maqsad “Manilaning temir xonimi” sifatini oqlashdir.

Irom 2000 yilning 5 noyabrida ochlik e'lon qilgandi. O‘shanda uning yoshi 28 da edi. Uning norozilik aksiyasi 15 yil, 9 oy va 4 kun yoki 5756 kun davom etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish