Light | 07:22 / 09.08.2016
6415
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyalik qutqaruvchilar mushukni sun'iy nafas oldirish yo‘li bilan hayotga qaytardilar

Italiyaning sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xodimlari Marsala shahri portida cho‘kib ketishiga bir baxya qolgan mushukni suvdan chiqarib olib uni hayotga qaytardilar.

Qo‘riqlash xizmati chop etgan videoda xushsiz yotgan mushukchaga shoshilinch yordam – sun'iy nafas oldirish va yurak massaji qilinayotgan tasvirlangan.

Bir guruh bolalar gavanda suvdagi mushukchaga qutqaruvchilar e'tiborini qaratishgan. Qutqaruvchilardan biri suvga sakrab, mushukchani qayiqlari bortiga olib chiqqan va shu yerda uni jonlantirishga tushib ketgan. . Qutqaruvchining ancha urinishlaridan keyin mushukcha boshini qimirlata boshlagan.

Videoda ko‘rinishicha, mushukcha bir oylar atrofida. Sohilbo‘yi xizmatida mushukchani veterinarlar tekshirishgani va u sog‘lom ekanligi ma'lum qilindi.

Port ma'muriyati vakillari bu voqeadan ta'sirlanib, mushukchani o‘zlarida qoldirishga va unga Charli deb laqab berishga qaror qilishdi.