16:03 / 09.08.2016
5344

Karting sporti bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasining g‘olib jamoalari aniqlandi

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan «Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim» shiori ostida yoshlar o‘rtasida karting sporti bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasining final bosqichi joriy yilning 5-7 avgust kunlari tashkilotning Uchqo‘rg‘on tuman o‘quv sport texnika klubiga qarashli kartodromida o‘tkazildi.

Keskin va shiddatli o‘tgan poygalarda umumjamoa hisobida Toshkent shahar Bektemir tuman o‘quv sport texnika klubi faxrli 1-o‘rinni, mezbon Namangan viloyati jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa Toshkent Birlashgan texnika maktabi poygachilari 3-o‘rin bilan poytaxtga qaytdilar.

Karting poygasi keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Yosh sportchilar bor imkoniyatlarini namoyon qilishdi

 

Top