12:23 / 09.08.2016
9136

«MYu» qaysi futbolchilar transferga qo‘yilishini aniqlab oldi

«Manchester Yunayted» yozgi transferlar vaqtida kamida 4 futbolchisini transferga qo‘yadi.

The Telegraph ma'lumotiga ko‘ra, inglizlar klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Bastian Shvaynshtaygerdan tashqari xavbek Adnan Yanuzayni ham yangi mavsum uchun rejalariga kiritmagan.

Bundan tashqari, «qizil iblislar» safini Deyli Blind, Markos Roxo va Huan Mata ham tark etishi mumkin.

Qolaversa, Eshli Yang, Memfis Depay va o‘ng qanot himoyachisi Matteo Darmianning «MYu»dagi taqdiri so‘roq ostida qolmoqda.

Yosh futbolchilar Kemeron Bortuik-Jyekson, Jyeyms Uilson, Peddi Makneyr, Andreas Pereyra va Uill Kin esa ijaraga berilishi kutilmoqda.

«MYu» transferlar darichasi yopilguniga qadar yuqori toifali markaziy himoyachi ham sotib olishi mumkin.

Jamoa yozgi transferlar vaqtida shu vaqtgacha 4 nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Avvaliga Ispaniya chempionatidan «Vilyarreal» himoyachisi Erik Bayi 30 mln funt evaziga sotib olindi. Keyinroq «PSJ» bilan shartnomasi muddati tugagan Ibrahimovich erkin agent sifatida jamoaga kelib qo‘shildi. «Borussiya» futbolchisi Mxitaryan  uchun esa 26.3 mln funt to‘landi, bir necha soat oldin Pogba «Yuventus»dan 91 mln funt evaziga sotib olindi.

Manba: Tribuna.uz

Top