Sport | 16:09 / 09.08.2016
5478
1 daqiqa o‘qiladi

Namibiyaning Rio-2016 olimpiadasi ochilishidagi bayroqdori zo‘ravonlikda gumon qilinib hibsga olindi

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya qishlog‘ida namibiyalik bokschi Jonas Junius zo‘rlashga urinishda gumon qilinib, qo‘lga olingan. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, 22 yoshli sportchi xizmatkorni o‘pishga harakat qilgan. Shuningdek bokschi oqsochga jinsiy aloqa uchun pul taklif etgan. Oqsoch politsiyaga murojaat qilgan.

Junius Namibiya terma jamoasining Olimpiada-2016 ochilishidagi bayroqdori bo‘lgandi. 64 kg vazndagi bu bokschi ilk bahsini 12 avgust kuni o‘tkazishi belgilangandi.

Bundan oldinroq Rio-de-Janeyro Olimpiadasida ishtirok etish uchun kelgan marokashlik bokschi Xasan Saad 2 xizmatkorni zo‘rlashga urinishda gumon qilinib, qo‘lga olingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish