Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda “Yangi hayot” savdo majmuasi xizmat ko‘rsatishni boshladi
Navoiy shahrida “Yangi hayot” savdo majmuasi ish boshladi. Bu yerda yaratilgan 100 dan ortiq yangi ish o‘rnida asosan kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlar mehnat qilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Tadbirkor Abdukarim Saksonov aholiga qulaylik yaratish, namunali savdo xizmati ko‘rsatish maqsadida tijorat bankidan olingan qariyb 10 milliard so‘mlik kredit va shaxsiy mablag‘i evaziga zamonaviy savdo majmuasi barpo etdi.
Besh qavatdan iborat inshootda oziq-ovqat, mebel va maishiy texnikalar, kiyim-kechak bo‘limlari, ko‘ngilochar o‘yinlar va kinoteatr zallari o‘rin olgan. Oziq-ovqat bo‘limida non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan maxsus sexlar tashkil etilgan.
– Iste'molchilar talabidan kelib chiqib, sexda 30 turdagi non mahsulotlari tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan, – deydi non sexi boshlig‘i Bahrom Mardonov. – 4 nafar novvoy mehnat qilayotgan seximiz zamonaviy jihozlangan. Qandolatchilik sexida 40 turdagi shirinliklar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.