Jahon | 17:28 / 09.08.2016
6359
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York idora va turar joylar ijara narxi eng qimmat bo‘lgan shahar sifatida qayd etildi

Xalqaro kompaniyalar xodimlarining joylashishi uchun eng qimmat shaharlar reytingida Nyu-York yetakchilik qildi. Bu haqida dunyo megapolislaridagi turar joylar va idoralar ijarasi bahosini taqqoslab chiqqan Savills tahlilchilari ma'lum qilishdi. 

Nyu-York shahrining natijasi 114 ming dollarni tashkil qildi, uning eng yaqin amerikalik raqibi - San-Frantsiskoda esa narxlar deyarli ikki barobar arzon. Ikkinchi o‘rinda 100,9 ming dollar indeks bilan Honkong shahri qayd etildi. Uchinchi pog‘onani - London shahri egalladi, u yerda bir kishi uchun ijara narxi 100,1 ming dollardan iborat.  

Ushbu reytingda ikki yarim yil mobaynida London shahri yetakchilik qilgan. Biroq Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishiga doir referendumdan keyin poytaxtdagi ijara narxlari boshqa shaharlarning ko‘rsatkichlariga yaqinlashgan.