Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Afg‘onistonda IShID va “Tolibon”ning birlashgani rost bo‘lsa, butun Markaziy Osiyo mintaqasi xavf ostida qoladi
Afg‘on hukumati IShID terrorchilik tashkiloti va “Tolibon” islom harakatiga qarshi kurashish maqsadida Moskvadan harbiy yordam so‘ramoqda. Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, rasmiy Kobul Mi-35 vertolyotini bepul yetkazib berish masalasini qayta ko‘targan. Bu haqda afg‘on yuqori doiralarida ma'lum qilingan.
8 avgust kuni Wall Street Journal gazetasi mahalliy amaldorga asoslanib xabar berishicha, mamlakatning sharqidagi bir nechta tumanlarda IShID va “Tolibon” Afg‘oniston hukumatiga qarshi kurashishda birlashgan.
Gazeta manbasining fikricha, agar IShID va “Tolibon” kuchlari afg‘on hukumati va AQSh harbiylariga qarshi birlashgani rost bo‘lsa, unda rasmiy Kobulning pozitsiyasiga putur yetadi va butun Markaziy Osiyo mintaqasini xavf ostiga qo‘yadi.