Pokemon Go o‘yini birinchi oydayoq 200 mln dollarlik tushum keltirdi
6 iyulda chiqarilgan Pokemon Go ommaviy o‘yinidan bir oy ichida olingan tushum 200 mln dollardan oshib ketdi, deb aytilmoqda SensorTower kompaniyasi tadqiqotida.
Tushum o‘yinning Yaponiyada rasmiy chiqarilishidan keyin keskin oshib ketdi. Bu yerda o‘yin 3 haftadan keyin chiqarilgandi.
Tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar o‘rta hisobda ushbu o‘yinga kuniga 26 daqiqa ajratmoqdalar.
Pokemon Go o‘yini 2016 yilda chiqarilgan bo‘lib, unda pokemonlarni izlash va ularni o‘rgatish maqsad qilib qo‘yilgan. O‘yinga to‘ldirilgan reallik deb ataluvchi texnologiya elementlari tatbiq qilingan, bunda raqamli va haqiqiy olamlar birlashtiriladi, chunki smartfon ekranida ko‘rsatiluvchi tasvir haqiqiy olamdagi obektlarga proyeksiyalanadi. O‘yin hozirga kelib 100 mln martadan ko‘proq yuklanib olingan.