Jahon | 21:19 / 09.08.2016
13331
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiya va Turkiyaning Suriyadagi umumiy maqsadi haqida aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Erdo‘g‘an bilan uchrashuvidan keyingi matbuot anjumani vaqtida savollarga javob bera turib, Rossiya va Turkiya hukumati birdek Suriyadagi vaziyat barqarorlashuvi tarafdori ekani haqida aytgan.

Putin Moskva uchun Anqara bilan aloqalarda ikki tomonlama munosabatlarning inqirozga qadar bo‘lgan darajasiga ko‘tarilish ustuvor yo‘nalish ekanligini qayd qilib o‘tdi.

«Qarashlar va yondashuvlarimiz bir xulosaga olib keladi, ikki davlatning Suriyadagi maqsadi umumiy - inqirozni hal qilish», — degan u.

O‘z navbatida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an uchrashuvda Suriya masalasi muhokama etilmagani, bu bo‘yicha alohida muzokara o‘tkazish rejalashtirilgani haqida aytgan.

Qayd etish kerakki, Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlab, IShID va muxolifatga qarshi kurashda harbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Turkiya esa Bashar Asad hukumatdan ketishi kerak deb hisoblaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish