Jahon | 19:28 / 09.08.2016
11425
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida 2 soat davom etgan tor doiradagi uchrashuv yakunlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ikki tomon o‘rtasidagi inqirozdan keyingi ilk uchrashuvi 2 soat davom etdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Erdo‘g‘an Peterburgga 9 avgust kuni ertalab uchib keldi. Putin uni Konstantin saroyida qabul qildi.

Uchrashuv vaqtida Erdo‘g‘an Vladimir Putinga o‘zaro munosabatlarni tiklashni taklif qildi. U Rossiya bilan barcha sohalardagi hamkorlik kengaytirilishidan umid qilayotganini bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish