08:22 / 09.08.2016
8819

Rasmiy xabar: Pogba MYuda

Fransiya terma jamoasi va "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba "Manchester Yunayted" o‘yinchisiga aylandi, deb xabar bermoqda Tribuna.uz.

23 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va "MYu" bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 5 yilga mo‘ljallanadi va yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Avvalroq futbolchining transfer bahosi 110 mln yevroni tashkil qilishi ma'lum qilingandi.

Pol Pogba "Yuventus"ga "MYu"dan 2012 yilda o‘tgan. U italyan klubidagi 4 yillik faoliyati davomida 4 marta Italiya chempioni, 2 marta mamlakat kubogi sohibi, 3 marta Italiya Superkubogi sohibi bo‘lishga ulgurdi. O‘tgan mavsumda Pogba "Yuve" safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol muallifiga aylangandi.

Top